Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda haydovchi boshqaruv vaqtida uxlab qolib YTH qurboni bo‘ldi
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 8 may kuni soat 09:00larda, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yo‘lining 1029-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1989 y.t. D.M. “Kobalt” rusumli transport vositasini “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand tomon boshqarib ketayotib, charchoq sababli rulda uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.
Natijada, haydovchi, 31 yoshli D.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar, charchoq holatida transport vositasini boshqarmasligingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026