Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlaş kuni hamda Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 75 yilligi bilan barça faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi.
– Bugungi qutluğ ayyomda barçamiz, avvalo, öz jonini ona yurt uçun qurbon qilgan vatandoşlarimizning ruhi poklari oldida boş egib ta'zim qilamiz. Sizlar kabi minglab uruş va mehnat fronti qatnaşçilarini – azm-u şijoatli, dovyurak ota-bobolarimiz, sabr-matonatli onalarimiz, momolarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz, - dedi davlat rahbari.

Bu yil karantin tufayli uruş va mehnat faxriylarining aksariyati bayramni öz uylarida nişonladi. Ular televideniye orqali bugungi tantanali marosimni töğridan-töğri kuzatib bordi.
– Siz azizlarning barçangizni ğoyibona bağrimga bosib, bugungi erkin va ozod hayotni ta'minlaş yölida körsatgan mardligingiz, Vatanga sadoqatingiz uçun öz nomimdan, xalqimiz nomidan rahmatlar aytib, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Biz sizlarning timsolingizda özining dono maslahatlari, boy hayotiy tajribasi bilan hammamizga ustoz va duogöy bölib yurgan mötabar insonlarni köramiz. Sizlarning har biringiz bilan haqli ravişda faxrlanamiz. Hayot yöllarida duç kelayotgan turli qiyinçilik va muammolarni, hozirgi kunda boşimizga tuşgan sinovlarni yengib ötişda biz sizlarning mislsiz sabot va matonatingizdan, qat'iyatingizdan doimo kuç va ibrat olamiz. Yoş avlodimizni Vatanga, xalqqa sadoqatli, jasur insonlar etib tarbiyalaşda biz sizlarni doimo örnak deb bilamiz va kelgusida ham şunday bölib qoladi, – dedi prezident.

Davlat rahbari bayram tadbiriga kelgan uruş va mehnat faxriylarining har biri bilan salomlaşib, hol-ahvol söradi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Nuroniylar yurtimizga tinçlik-osoyiştalik, elimizga farovonlik tilab duolar qildi.
Tadbir Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlari, harbiy okruglardagi bayram iştirokçilariga namoyiş qilindi.
Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan videoaloqa tizimi orqali muloqot qildi.




















