Tojikistonda 8 may kuni yana 61 kişida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vazirligiga asoslanib «Aziya Plyus» xabar bergan.

Endilikda mamlakatda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 522 nafarga yetdi.

Yana 2 kişi koronavirus qurboni bölgani tasdiqlandi va umumiy ölimlar soni 14taga yetdi.

Sönggi bir kunda karantindagilarning 420 nafariga koronavirus aniqlanmagani sababli uyiga ruxsat berilgan. Ayni damda Tojikistonda 4 286 kişi karantinda şifokorlar nazoratida qolmoqda.

Kasallik eng köp poytaxt Duşanbeda (233 nafar) qayd etilgan. Söğd viloyatida 139, Xatlonda 59, Toğli Badaxşon muxtor viloyatida 18, markazga böysunuvçi nohiyalarda jami 83 holat aniqlangan.

Eslatib ötamiz, 7 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev gumanitar yordam sifatida Tojikistonga 144ta mobil tibbiy konteyner yubordi. Bugun qöşni davlatga yetib borgan uşbu konteynerlardan Duşanbeda mobil şifoxona quriladi.

Bugun Özbekistondan Tojikistonga koronavirusga qarşi kuraşda yordam beriş uçun şifokorlar guruhi yöl oldi.