Poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 1 nafar, Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 6 nafar hamda Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 13 nafar bemor butunlay soğaydi va reabilitatsiya kuzatildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalgan 27 yoşli erkak Qoraqalpoğiston Respublikasidan bölib, Qozoğiston orqali yurtimizga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. 

Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bölib, 1 nafari Rossiyadan, 2 nafari Qozoğistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bölsak, Toşkent şahridan 2 nafar, Qozoğiston Respublikasi, Xorazm, Toşkent va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlar orasida eng yoşi kattasi 43 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 18 yoşda. 

Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida şifo topganlarning barçasi Toşkent şahridan bölib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari esa Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 45 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 18 yoşda.

Toşkent şahrida şu paytga qadar 548 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 561 nafarga yetdi. 

Ayni paytga qadar mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar 1803 nafarga yetdi.