Million-million yostiği qurigan insonlar taqdiri eslanadi. Bu taqdirlar orasida 1 mlndan ortiq frontga borgan özbekistonliklarning aççiq qismati, ularning ortida turgan yaqinlari, qarindoşlari taqdiri, front ortida bölganlarning ham beminnat xizmati yotadi.

Eng yangi tariximizda Ikkinçi jahon uruşi, unda Özbekiston iştirokini unutişga urinişlar böldi. Vaholanki, tarix sahifalarini xolis örganiş, undagi xatolardan saboq çiqarişgina kelgusida şunday maş'um xatolarga yöl qöymaslikning asosiy omili hisoblanadi.

Ma'lumki, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentning Olmazor tumanida tarixiy faktni tiklaş maqsadida Ğalaba boğini taşkil etiş taşabbusi bilan çiqqan edi. Uning tarkibida”Şon-Şaraf” muzeyi ham barpo etildi. Kun.uz muxbiri uşbu muzeyda bölib, eksponatlar bilan tanişdi. Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilarining bebaho tarixiy aşyolarini muzeyga taqdim etgan ayrim vatandoşlar bilan suhbatlaşdi.

Ravşana Isoqova  Reyxstagga Ğalaba bayroğini tikiş şturmi iştirokçisi Karimjon Isoqovning qizi

“Prezident Şavkat Mirziyoyevning Toşkentda Ğalaba boği hamda uning tarkibida “Şon-Şaraf” muzeyini taşkil etiş taşabbusini eşitgan onlarda bu yangilikni his-hayajon bilan qabul qildik.

Ikkinçi jahon uruşi faxriysi, Reyxstagga Ğalaba bayroğini örnatiş amaliyoti iştirokçisining farzandlari, közlarimizda yoş bilan töplanib, şu vaqtgaça uyda saqlab kelgan bebaho tarixiy aşyolarni uşbu muzeyga topşirişga qaror qildik.

Otamizga tegişli aşyolarni muzeyga taqdim etarkanmiz, bu narsalar kelgusi avlodga, farzandlarimizga qolişini tuşunib yetdik. Ular tinçlik qanday baho evaziga erişilganini unutmasliklari kerak.

Ta'kidlaş lozim, Özbekistonda ilk bor zamonaviy usullardan foydalanilgan holda eksponatlarga boy muassasa taşkil etildi. Ikkinçi Jahon uruşida iştirok etgan özbekistonliklarning farzandlari tomonidan uşbu muzeyga turli aşyolar taqdim etildi. Suhbatdoşlarimiz bizlarga otalari hikoya qilib bergan ayrim tarixiy faktlarni ham sözlab berişdi.

 Qobil Hasanov    Ikkinçi Jahon uruşi faxriysi Adham Hasanov öğli