Vazirlar Mahkamasining Toşkent şahrida böş turgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalaniş, investitsiyalarni jalb qiliş asosida ularning faoliyatini yölga qöyiş böyiça farmoyişi qabul qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Toşkent şahar hokimligining Toşkent şahri, Şayxontohur tumani, Çorsu maydoni, 3a-uy manzilidagi “Toşkent savdo markazi” MÇJga operativ boşqaruv huquqi bilan tegişli bölgan savdo markazining bino va inşootlarini belgilangan tartibda ommaviy savdolar orqali sotiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan jalb etilgan baholaş taşkilotining hisobotiga köra, obekt 303,5 mlrd sömga baholangan hamda mazkur baholaş hisoboti ekspertiza natijasiga asosan haqqoniy deb topilgan.

Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi obektning 303,5 mlrd söm miqdoridagi boşlanğiç narxda “E-ijro auksion” elektron savdo maydonçasida savdoga qöyilişini ta'minlaydi.

Bunda obekt ikki oy davomida “E-ijro auksion” elektron savdo maydonçasida sotilmagan taqdirda, uni sotiş Davlat mulkini sotişda tender savdolarini ötkaziş böyiça davlat komissiyasi qarorida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Farmoyişning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vazirining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça örinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri J.A. Qöçqorov, Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori S.X. Bekenov va Toşkent şahar hokimi J.A. Ortiqxöjayev zimmasiga yuklandi.