Davlat aktivlarini boşqariş agentligi 2020 yilda «E-ijro auksion»i orqali sotilgan eng qimmat davlat mulklari haqida ma'lumot berdi.
Agetlik axborotiga köra, «Toşkent savdo markazi» onlayn auksionda 242,8 milliard sömga sotilgan va bu onlayn auksion tarixidagi eng qimmat sotilgan mulk sifatida qayd etilgan.
Bundan taşqari, 2020 yil davomida eng qimmat narxlarda sotilgan mulklar röyxatidan «Tikuvçilik majmuasi» va «Oqova suvlarni tozalaş inşootlari» (95,9 milliard söm), «Afrosiyob palas»mehmonxonasi (43,3 milliard söm), «Versal» restorani (35,3 milliard söm), «Çorsu» mehmonxona majmuasi (16,9 milliard söm), «Şahrisabz yulduzi» DUK ( 6,6 milliard söm) örin olgan.

2020 yilda sotuvga jami 44 ming 668ta köçmas mulk obekti çiqarilgan va şundan 25 ming 469tasi sotilgan.
Ma'lumot uçun, «Toşkent Savdo Markazi» (avvalgi GUM) dastlab 2020 yilning may oyida auksion orqali sotuvga qöyilgan. Ammo potensial xaridor topilmaganligi sababli, 2020 yilning yozida narx 273,1 milliard sömga tuşirilgan edi.
Keyingi kim oşdi savdolarida faqat bitta manfaatdor investor «Buyuk Eko Savdo» MÇJ xaridor sifatida ariza bergan. Taklif faqat bitta iştirokçidan bölganligi sababli, kim oşdi savdosi töğrisida yakuniy qaror Davlat tender komissiyasining qarori asosida qabul qilindi va inşoot uşbu MÇJga sotilgan.
Avvalroq, «Orzu» dam oliş maskani 1 söm qiymatda onlayn auksionda sotuvga qöyilgani ma'lum qilingandi.

















