Bu şaharda 3 aprel kunidan buyon qayd etilgan ilk holat böldi. Bemor oğir ahvolda şifoxonaga olib kelingan.
Bundan taşqari, Xubeyda 17 kişida virus alomatlarsiz keçayotgani aniqlangan, yana 616 nafari şifokorlar nazoratida bölib turibdi.
Umumiy hisobda Xitoyda ötgan bir sutka içida koronavirus bilan kasallaniş böyiça 14ta va kasallik belgisiz ötayotgan 20ta holat aniqlandi. Virus taşuvçilarining 794 nafari şifokorlar nazoratida bölib turibdi.
Yangi holatlarning 12tasi mamlakat içkarisida (Tszilinda 11ta, Xubeyda 1ta), bittasi Şanxayda qayd etilgan, bir holat xorijdan kelgan fuqaroda qayd etilgan.
Tszilindagi 11 holat Şulan şahrida yaşovçi bir oila vakillari bilan boğliq. Ular 7 may kuni koronavirus taşxisi qöyilgan ayoldan virus yuqtirgan.
Bu Xitoyda sönggi 10 kundagi eng yuqori ösiş böldi. Worldometers ma'lumotiga köra, 29 aprel kuni Xitoyda 22 kişida koronavirus aniqlangan va şundan keyin aynan 10 mayda sönggi 10 kunlikning eng yuqori körsatkiçi (14 holat) qayd etildi.
Sönggi bir kunda Xitoyda koronavirus tufayli ölim holati qayd etilmagan.
Dekabr oyidan buyon Xitoyda koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq jami 82901 holat qayd etilgan (şundan 1683 holat xorijdan), 4633 kişi vafot etgan.
Ayni vaqtda mamlakatdagi şifoxonalarda 148 bemor davolanişda davom etmoqda, ulardan 13 nafarining ahvoli oğir. Şifoxonalardan jami 78 mingdan ortiq kişi soğayib çiqqan.
Xitoyning materikdan taşqaridagi qismida yangi holatlar qayd etilmayapti. Ötgan yilning dekabridan buyon bu hududlarda jami 1529 holat qayd etilgan - Hongkongda 1044 (4 ölim holati), Makaoda 45, Tayvanda 440 (6 holati).
Sönggi ma'lumotlarga köra, butun dunyoda virusdan zararlaniş holatlari soni 4,1 milliondan oşib ketgan, qurbonlar soni 280 mingdan oşiqni taşkil etmoqda - sönggi bir kunda 4404 kişi virusdan zararlaniş oqibatida vafot etgan.
Sönggi bir kunda 100 mingdan oşiq yangi holat aniqlangan, AQŞda – 1 309 541 (78 794 kişi vafot etgan), Ispaniyada – 223 578 (26 478), Italiya – 218 268 (30 395), Buyuk Britaniyada – 216 525 (31 662), Fransiyada – 176 782 (26 313), Germaniyada – 171 324 (7 549), Braziliyada – 156 061 (10 656), Turkiyada – 137 115 (3 739), Eronda – 106 220 (6 589) holat qayd etilgan.













