Qonun prezidentning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni hamda “Koronavirus pandemiyasi davrida Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti barqarorligini ta'minlaş va birinçi navbatdagi tadbirlarni öz vaqtida moliyalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Qonunning qabul qilinişi koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta'minlaş va ustuvor yönalişlarini inobatga olgan holda xarajatlarni optimallaştiriş maqsadlariga xizmat qiladi.

Farmonga muvofiq Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi taşkil etilganligi munosabati bilan respublika budjetidan ajratiladigan mablağlarning çegaralangan miqdorlariga özgartirişlar kiritilib, Qonunning 5-ilovasi yangi tahrirda berilmoqda.

Bundan taşqari, davlatimiz rahbarining qarorlariga asosan ayrim davlat boşqaruv organlari tuzilmasida ma'muriy özgartirişlar amalga oşirilganligi, şuningdek, yillik budjet töğrisidagi qonun birinçi marta joriy etilişi munosabati bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim holatlardan kelib çiqib, boşqa özgartirişlar ham kiritiş zarurati paydo bölgan.

Şuningdek, prezident qaroriga asosan respublika hamda mahalliy budjetlardan amalga oşiriladigan xarajatlarni qisqartiriş yuzasidan tegişli tadbirlar belgilangan va ular ijrosining huquqiy asoslari Qonunda belgilangan. Xususan, respublika budjetidan advokatlar tomonidan yuridik yordam körsatilganligi uçun haq tölaş, fermer xöjaliklari tomonidan iste'mol qilinadigan elektr energiyasi qiymatini qoplaş uçun hamda nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari uçun beriladigan subsidiyalar mahalliy budjetlar orqali moliyalaştirişi belgilanayotganligi sababli hududiy budjetlarga beriladigan transfertlar köpaytirilmoqda.

Qonun bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Davlat budjetining barqarorligini ta'minlaş maqsadida budjet xarajatlari optimallaştirilmoqda hamda ustuvor yönalişlarga, ya'ni koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş va uning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlarga safarbar qilinişi nazarda tutilgan.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.