Senatning törtinçi yalpi majlisida “Faxriy murabbiy” ordenini ta'sis etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Uşbu qonunga ilova sifatida “Faxriy murabbiy” ordeni töğrisida nizom hamda “Faxriy murabbiy” ordenining tavsifi tasdiqlangan.

Nizomga köra, “Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoşlarni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, yoş iste'dod egalarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bilim va qobiliyatlarini yanada rivojlantirişga munosib hissa qöşgan yurtdoşlar taqdirlanadi.

Mazkur orden özining çuqur bilim va boy hayotiy tajribasi bilan yoşlar ma'naviyatini yuksaltiriş va aholi örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş borasida şaxsiy namuna körsatib kelayotgan, davlat va jamiyat oldidagi yuksak xizmatlari bilan alohida e'tibor qozongan Özbekiston Respublikasi fuqarolari, çet el fuqarolari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslar ham mukofotlanişi mumkin.

Hududlarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş va rivojlantiriş, aholining kam ta'minlangan qatlamini ijtimoiy himoyalaş işlarida faol iştirok etgan fidoyilar “Faxriy murabbiy” ordeniga munosib, deb topiladi.

“Ustoz-şogird” an'anasi asosida yoş avlodga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni örgatiş, tadbirkorlik va hunarmandçilikka keng jalb etiş, yoşlar bandligini ta'minlaş borasidagi fidoyiligi, uyuşmagan yoşlarni foydali mehnatga jalb etiş, yot ğoyalar ta'siridan asraş, ular örtasida turli salbiy illatlarning oldini oliş borasidagi munosib xizmatlari uçun ham yurtdoşlar uşbu mukofotga sazovor bölişi belgilangan.

Senatorlar mazkur qonunni ma'qulladi.