Senatning törtinçi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida iştirok etuvçi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilişni kuçaytirişga qaratilgan özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.

Qonun bilan öta oğir jinoyatlar böyiça hodisa sodir bölgan joyni közdan keçiriş, tintuv, körsatuvlarni hodisa sodir bölgan joyda tekşiriş, tergov eksperimenti, şaxsni uşlaş, himoyaçidan voz keçiş, şaxsni uşlaş jarayonida ötkaziladigan şaxsiy tintuv va boşqa jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxsga nisbatan qöllaniladigan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etiş şartligi belgilanmoqda.

Himoyaçidan voz keçiş jarayoni majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etilişi nazarda tutilmoqda.

Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Şu bilan birga, himoyaçining himoya ostidagi şaxs bilan xoli uçraşişining videoyozuv orqali qayd etilişiga yöl qöyilmasligi belgilandi.

Qonunning qabul qilinişi jabrlanuvçilar, guvohlar va jinoyat protsessining boşqa iştirokçilarining huquq va erkinliklarining himoya qilişini mustahkamlaydi.