Oliy Majlis Senatining Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan “Noşirlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni örganib çiqilgan. Örganiş jarayonida xalq deputatlari tuman, (şahar) viloyatlar kengaşlarida muhokama etilib, mahalliy deputatlar, Qömita a'zolari va ekspertlari fikrlari umumlaştirilgan.
Prezidentning 2020 yil 16 martdagi “Noşirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida 2020 yil 1 iyuldan boşlab noşirlik faoliyatini litsenziyalaş hamda matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş tartiblarini bekor qilib, noşirlik va matbaa faoliyatini boşlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etiş tizimini joriy qiliş belgilangan. Uşbu qaror talablaridan kelib çiqib, qonundagi litsenziyalaş bilan boğliq normalarni çiqarib taşlaş talab etiladi.
Senatorlar qonunda elektron noşirlik mahsulotini tayyorlaş va tarqatiş tartibini nazarda tutuvçi normalar mavjud emasligiga e'tibor qaratişdi. Bundan taşqari, mamlakatda diniy mazmundagi materiallarni tayyorlaşga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita tomonidan ötkazilgan ekspertizadan keyingina yöl qöyiladi. Qonunni şu nuqtai nazardan yangi normalar bilan töldiriş zarur, deb topildi.
Yuqoridagilarga asoslanib, “Noşirlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini rad etiş töğrisida qaror qabul qilindi.











