Özbekistonning şimoli-ğarbiy tumanlariga Kaspiy dengizi hududidan nam havo kirişni boşlaydi.
«Özgidromet» xabariga köra, 11 may keçga borib va 12 mayda Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida, 12 may kunning ikkinçi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi, şamolning tezligi sekundiga 15-20 m/s ga kuçayişi mumkin, şamol şiddat bilan esganda uning tezligi 23-28 metrgaça yetadi. Respublikaning qolgan hududida ob-havo yoğingarçiliksiz böladi. Harorat 27-32 darajani taşkil qiladi.
13-14 may kunlari nam havo oqimi butun Özbekiston hududiga tarqaladi. Respublika böyiça ayrim joylarga yomğir, kuçli yomğir yoğişi va momaqaldiroq bölişi kutilmoqda. Şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça, şiddat bilan esganda 23-28 metrgaça kuçayişi mumkin.
13 mayda faqat Farğona vodiysi viloyatlarida ob-havo yoğingarçiliksiz böladi. 14 mayda Buxoro va Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
Kavkaz hududidan kelayotgan sovuq front ötişi natijasida 13-14 may kunlari respublika hududining katta qismida havo haroratining 18-23 darajagaça pasayişi kutilmoqda, bu may oyi uçun xos bölgan me'yoriy haroratdan 8-10 darajaga pastdir.
15 may kuni Özbekiston hududida ob-havo asosan yoğingarçiliksiz böladi. Kunduzgi harorat 3-5 darajaga kötariladi.












