AQŞga oila bilan yoki yakka holda qonuniy ravişda köçiş imkonini beruvçi «Grin kard»  lotereyasi anketasi 2019 yil 2 oktyabridan 5 noyabrgaça har yilgidek AQŞ davlat departamenti huzuridagi maxsus sayt — https://dvlottery.state.gov/ orqali töldirildi. Ammo lotereya javobi hanuzgaça ommaga ma'lum qilinmadi. Nega?

Ta'kidlaş örinliki, «Grin kard»  anketasi qanday töldirilişi borasida aholining keng qatlami orasida aniq bilim bölmagani köplab tuşunmovçiliklarga, aksar hollarda ğarazli kişilarning tekin daromad manbaiga sabab böladi. Şu tufayli lotereya bilan boğliq barça rasmiy ma'lumotni faqat AQŞ davlat departamenti huzuridagi maxsus sayt — https://dvlottery.state.gov/ orqali örganiş, biliş mumkin.

Unda yozilişiça, ötgan yilgi töldirilgan anketalarning maqomini 6 iyundan boşlab tekşiriş mumkin. Ğolib respondentlar tasdiq xatini qabul qiladi va 2021 yil 30 sentyabrga qadar uni saqlaşi lozim. Odatda har yili may oyida e'lon qilinadigan natijalar joriy davrda pandemiya tufayli ortga surildi. Hozirça lotereya qoidalariga boşqa jiddiy özgariş va tuzatiş kiritilmadi,

Har yili, AQŞ hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – DV»  dasturi doirasida 50000 ta doimiy yaşaş huquqini beruvçi vizalar ajratadi. Vizalar sönggi beş yil içidagi AQŞga immigratsiya körsatkiçlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda AQŞga immigratsiya körsatkiçlari past bölgan hududlarga köproq viza miqdori belgilanadi. Vizaga murojaat etuvçilar kompyuter orqali amalga oşiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Şaxsning ismi lotereyada tanlanişi unga immigratsion vizaga murojaat etiş jarayonining keyingi bosqiçlarini ötiş imkoniyatini beradi.

Elektron arizani topşirişda heç qanday tölov mavjud emas. Köplab kompaniyalar, internet kafelar va boşqa vositaçilar haq evaziga «Grin kard»  lotereyasiga ariza topşiriş böyiça aholiga yordamlarini taklif etişadi. AQŞ Elçixonasi bunday turdagi taşkilotlarning heç biri bilan hamkorlik qilmaydi va ularga mutlaqo aloqasi yöq. Şuni unutmangki, bunday vositaçilar xizmatidan foydalaniş şaxsning «Grin kard»  lotereyasida ğolib böliş ehtimolligini umuman oşirmaydi.