12 may kuni Transport vazirligi tomonidan ötkazilgan brifingda xorijda qolayotgan özbekistonliklarni charter reyslar orqali evakuatsiya qiliş rejalari borasida ma'lumot berildi.

Kun.uz muxbiri brifingdan keyin ham oçiq qolgan bir neçta savollar bilan vazirlik matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatovga yuzlandi.

— Brifing davomida charter reyslar vaqtini ma'lum qildingiz, lekin Rossiyada qolayotgan özbekistonliklar soni juda köp va ularni siz aytgan reyslar bilangina olib keliş imkonsiz.

Özbekistonga qaytişni istayotgan boşqa fuqarolar uçun ham reyslar taşkil qilinadimi?

— Özbekistonga qaytişni xohlagan xorijdagi fuqarolarning katta qismi Rossiya Federatsiyasi hissasiga töğri keladi. E'lon qilingan parvozlar röyxatida Rossiyaning 8 ta şaharlaridan 11-24 may oraliğida charter reyslar amalga oşiriladi. Albatta, bu 8 ta aviareyslar orqali barça fuqarolarni olib kelişning imkoniyati yöq. Buni fuqarolar töğri tuşunişlari lozim. Konsulliklar va elçixonalarimiz orqali qaytiş istagida bölgan fuqarolarning röyxati şakllantirib borilyapti. Röyxatdan ötgan barça fuqarolarni charter reyslar orqali olib kelişga harakat qilinadi. Ulardan bizni töğri tuşungan holda sabrli bölişni söraymiz.

— Qozoğiston çegarasida yuzlab özbekistonliklar öz avtomaşinalarida Özbekistonga ötiş uçun ruxsat berilişini kutmoqda. Transport vazirligi bu masalada qöşnilar bilan aloqa örnatdimi?

— Qozoğiston va Rossiya çegarasida taksi xizmatini körsatuvçi bir neça yuzlab fuqarolarimiz töplanib qolgan va buni ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaatlar orqali çiqişlarda bevosita guvohi böldik. Bu böyiça  Transport vazirligi tegişli idoralar bilan hamkorlikda uşbu masalaga yeçim topiş ustida işlayapti.  Bir jihatni alohida ta'kidlaş kerak: uşbu fuqarolar Rossiya va Qozoğistonda belgilangan karantin talablarini qöpol ravişda buzib harakatlanişmoqda. Qaytaraman, bu borada muzokaralar boşlandi.

— Rossiyada moddiy jihatdan qiyin ahvolga tuşib qolgan va aviaçipta uçun puli qolmagan vatandoşlarningÖzbekistonga qaytib olişlari uçun vazirlik tomonidan kömak beriladimi?