Soğliqni saqlaş vazirligi Farğona viloyatida yana 6 nafar bemor koronavirusdan tuzalgani va endilikda viloyatda uşbu kasallikka çalingan birgina bemor qolgani haqida xabar berdi.

«Bugunning ilk xuşxabarini Farğona viloyatida 6 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorning tuzalib çiqqani haqidagi yangilik bilan boşlaymiz. Bugun  soğayganlar reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalib çiqqanlarning 3 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangaç şifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olişgan. Ularning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bölsak, 3 nafari Farğona viloyatidan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoşi kattasi 54 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 23 yoş.

Viloyatda şu paytga qadar 156 nafar bemor soğayib, koronavirusga çalingan 1 nafar bemor qolmoqda. Ya'ni, vodiy viloyatlari içida Farğona koronavirusdan holi hudud bölişga juda yaqin turibdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Ayni paytda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 2046 nafarni taşkil etmoqda.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 2568taga yetgan, şifoxonalarda 512 bemor davolanmoqda, ularning 12 nafari oğir ahvolda qolmoqda.