Joriy yilning 12 may kuni Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov raisligida Taşqi savdoni tarif va notarif tartibga soliş böyiça kengaşning navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda aksiz soliği stavkalarini qayta körib çiqiş va xalqaro savdoning umum qabul qilingan me'yorlari va qoidalari, jumladan, JST bitimlarini hisobga olgan holda taşqi savdoni tartibga solişning notarif usullaridan foydalanişni nazarda tutuvçi "Yöl xaritasi" körib çiqildi.

Bu çora-tadbirlar aksiz siyosatidagi özgarişlarning iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga salbiy ta'sirini kamaytirişga qaratilgan. “Yöl xaritasi”da közda tutilgan çora-tadbirlar Özbekiston tomonidan xalqaro şartnomalar doirasida qabul qilingan majburiyatlarni bajarilişini ta'minlaşga yönaltirilgan.

Şuningdek, içki va taşqi bozorlardagi mavjud vaziyatni tahlil qiliş asosida vazifasi muayyan toifadagi tovarlar bilan savdo qilişda bojxona imtiyozlarini optimallaştiriş böyiça istiqbolli takliflarni işlab çiqişdan iborat bölgan işçi guruh tuzişga qaror qilindi.

Bundan taşqari, yiğiliş davomida kengaş faoliyatini takomillaştiriş böyiça işlarning tanqidiy tahlili amalga oşirildi, natijada uşbu organning samaradorligini oşiriş, bozor jarayonlari dinamikasiga tezkor javob beriş hamda taşqi savdoni tarif va notarif tartibga soliş sohasida tegişli çoralarni öz vaqtida qabul qilişga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.