"British management university" MÇJ va Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi poytaxtda nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatuvçi yangi öquv yurtini taşkil etiş taşabbusi bilan çiqişdi.
 
Norma’ning yozişiça, quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:

London universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya) hamda yetakçi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlarini joriy etiş, ularning malakali professor-öqituvçilari, olim va mutaxassislarini öquv jarayoniga jalb qiliş;

öquv reja va dasturlarni zamonaviy fanlar asosida takomillaştirib boriş, innovatsion texnologiyalarni tatbiq qiliş;

xorijiy oliy ta'lim muassasalarida ularning stajirovkasini taşkil etiş yöli bilan öqituvçilar malakasini oşiriş;

ta'lim va ilm-fan sohasida uzoq muddatli aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaş.
 
Universitetda öqiş 2020/2021 öquv yilidan boşlanadi va Özbekistonda amalda mavjud ta'lim şakllari hamda ingliz tilida tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Har yili tanlov asosida 20 nafardan kam bölmagan abituriyentlar grant asosida öqişga qabul qilinadi.
 
Universitetda dastlabki bosqiçda "Loyihalarni boşqariş", "Logistika va yetkazib beriş zanjirlarini boşqariş", "Tadbirkorlik va innovatsiyalar", "Xalqaro elektron tijorat" hamda "Raqamli iqtisodiyot" bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça talabalar qabuli amalga oşiriladi.
 
Britaniya menejment universiteti bitiruvçilariga Özbekistonda oliy ma'lumot töğrisidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
 
Hujjat 8.05.2020 yildan kuçga kirdi.