Yana bir davlat — Tailandda koronavirus çekindi, epidemiya boşlanganidan beri ilk bor bu yerda birorta ham kasallikka çaliniş va ölim holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Bangkok Post xabar bermoqda.

Ijobiy xabarga qaramasdan, hukumat aholini ehtiyot çoralaridan voz keçmaslikka çaqirmoqda.  

Şu kunga qadar Tailandda koronavirusga çaliniş bilan boğliq 3017ta holat qayd etilgan, 56 kişi vafot etgan.

Aprel oxirida Vetnam koronavirus bilan xayrlaşgani xabar qilingandi – bu yerda bir hafta davomida birorta ham kasallikka çaliniş holati qayd etilmadi. 

Şundan söng karantin bekor qilindi. Xususan, yirik şaharlarda tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berildi, qahvaxona va dökonlar oçildi. Xabar qilinişiça, maktablarda darslar boşlangan, jamoat transporti işga tuşgan.