Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eset O‘zbekistonda yangi Android Trojan Spy troyan virusi tarqalganini xabar qildi
Ilova koronavirus epidemiyasi haqida statistik ma'lumotlarni xaritada namoyish qiladi, biroq bir vaqtning o‘zida mobil qurilmada suratga olishi, galereyadan fotolarni o‘g‘irlashi, qurilmadagi kontaktlar ro‘yxati, SMS xabarnomalar va telefondagi barcha boshqa ilovalar boshqaruvi uchun jinoyatchilarga sharoit yaratishi mumkin.
Eset kompaniyasi O‘zbekistonda yangi Android Trojan Spy troyan virusi borligi va ushbu zararli dasturni tarqatishda COVID-19 mavzusidan foydalanilganini xabar qildi.
“O‘zkomnazorat” xabariga ko‘ra, ilova koronavirus epidemiyasi haqida statistik ma'lumotlarni xaritada namoyish qiladi, biroq bir vaqtning o‘zida mobil qurilmada suratga olishi, galereyadan fotolarni o‘g‘irlashi, qurilmadagi kontaktlar ro‘yxati, SMS xabarnomalar va telefondagi barcha boshqa ilovalar boshqaruvi uchun jinoyatchilarga sharoit yaratishi mumkin.
Avvalroq, davlat inspeksiyasi mobil ilovalarni yuklash va o‘rnatishda dasturning qaysi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat so‘rayotganiga e'tibor berish, agar bu kabi ruxsatlar soni asossiz ravishda ko‘p bo‘lsa bunday turdagi programmalarni ishlatishdan voz kechish tavsiya qilgandi.
“O‘zkomnazorat” internet foydalanuvchilaridan shu va shunga o‘xshash boshqa ilovalarni yuklab olish, o‘rnatishda hushyor bo‘lishni, koronavirus haqidagi ma'lumotlarni rasmiy hamda ishonchli manbalardan olish lozimligini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
19:48 / 26.01.2026
Nipah virusi O‘zbekistonda qayd etilmadi – Sanepidqo‘mita
02:00 / 26.01.2026
Nipax virusi: qanday yuqadi va nimasi bilan xavfli?
02:10 / 25.01.2026
Hindistonda epidemiyaga aylanishi mumkin bo‘lgan bedavo virus tarqalmoqda
21:40 / 20.01.2026