2020 yilning 11 may kuni soat 14:30da, Farğona viloyati Toşloq tumani Bahor köçasida 19 yoşli I.R. özining sevişgan qizi D.O. bilan suhbatlaşib turgan vaqtida, ularni oldiga Matiz rusumli avtomaşinada unga notaniş bölgan 18 yoşli X.R., M.E. va Z.X. kelgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, ular bu  qiz bilan nima sababdan gaplaşib turganligiga e'tiroz bildirib, D.O.ning qölida bölgan I.R.ga tegişli narxi 2 800 000 sömlik Redmi Pro 8 rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, söngra I.R.ning yuz va kökrak sohalariga qöllari bilan urib, oyoqlari bilan tepib unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yaşiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida X.R., M.E. va Z.X. qölga olinib, X.R.dan jabrlanuvçi I.R.ga tegişli Redmi Pro 8 rusumli uyali telefon apparati aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Holat yuzasidan Toşloq tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, X.R., M.E. va Z.X. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlanganlar.