Tumanning «Navbahor» mahallasi hududida 360 kvartirali 9ta köp qavatli uy barpo etilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, «Navbahor», «Haqiqat» va «Yangiovul» mahallalarida jami 616ta kottej ta'mirlanadi. Uşbu işlarga Sirdaryo, Jizzax, Farğona, Namangan va Andijon viloyatlari quruvçilari biriktirilgan.

Mutasaddilar bilan suhbatda quriliş-ta'mirlaş işlarini sifatli bajariş kerakligi, mahalliy, energiya tejamkor va zamonaviy materiallardan foydalaniş muhimligi ta'kidlandi.

Davlat rahbari mirzaobodlik nuroniylar, mahalla faollari va xonadon egalari bilan uçraşdi.

Uy-joylar va infratuzilmani tiklaş, elektr energiya, gaz, içimlik suvi ta'minoti va yöllarni ta'mirlaş böyiça zarur çoralar körilayotgani aytildi.

Uçraşuvda aholini nafaqat uy-joy bilan ta'minlaş, balki korxonalar taşkil etib, iş örinlari yaratiş masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.

Şu maqsad bilan qisqa vaqtda qiymati 2 trillion 143 milliard sömlik 323ta katta-kiçik loyihalar şakllantirildi. Ularni tatbiq etiş hisobiga Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida joriy yilda 10 mingga yaqin iş örni yaratiş közda tutilgan.

Jumladan, Mirzaobod tumanida jami 1 trillion 12 milliard sömlik 143ta loyiha amalga oşirilib, 4,5 mingdan ziyod iş örni taşkil etilişi möljallangan.

«GulistonGoldYarn» MÇJ tomonidan trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş, «Mirzaobod Limonçilik klasteri» MÇJ tomonidan zamonaviy tipdagi issiqxona taşkil etiş, «Samoviy baxt quvonçi» MÇJ tomonidan ösimlik yoği işlab çiqariş loyihalari şular jumlasidandir.

Mirzaobodlik jabrdiydalarga ham, Sardobada bölgani kabi, tegişli sertifikat va pul mablağli bank kartoçkalari tarqatildi.

  • Suv toşqinidan zarar körgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga Özbekiston Respublikasi Prezidentidan 40 million sömlik moddiy yordam, şuningdek, televizor, muzlatgiç, kir yuviş maşinasi, minipeç, elektr çoynak va dazmol kabi maişiy texnikalardan iborat sovğalar topşirilmoqda.