Prezidentning 2020 yil 13 maydagi farmoni bilan Şerzod Kudbiyev Davlat soliq qömitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Şu bilan birga, Şerzod Kudbiyevga «Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatçisi» maxsus unvoni berildi.
Davlat soliq qömitasining sobiq raisi Behzod Musayev esa boş vazirning ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib ötamiz, «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi tuzilmasida özgarişlar böldi. Bir qator lavozimlar tugatildi, yangilari joriy etildi.












