«U barçasini topşirib, Özbekistondan çiqib ketiş uçun 24 soat berdi» – Gulnora Karimova bilan işlagan tadbirkor hikoyasi
|00:11 / 15.05.2020236 22412 min
Gulnora Karimovaning öğli Islom Karimov prezident Şavkat Mirziyoyevga maktub yöllab, Özbekistondagi qator yirik mulklar onasiga tegişli bölgani, ammo ular bugungi kunda talon-toroj qilinayotganini bildirgan. Onasini afv qilişlarini söragan öğil bu uzun röyxatdagi mulklar qaysi manbalar hisobiga oila tasarrufiga ötgani töğrisida söz oçmagan.
Foto: TwitterFoto: Twitter
VVS saytining özbekça talqinida bu maktub böyiça tayyorlangan maqoladagi röyxatga köz yugurtirilsa, kiçik Karimov ançagina yirik mulklarga da'vo qilayotgani ma'lum böladi:
Özbekiston Poçtasi;
Perfectum Mobile;
MDS;
Yuqori texnologiyali jihozlarga ega ikki xususiy klinika;
Turli quriliş loyihalari doirasida Toşkentning eng zör joylarida qurilgan 98ta kvartira;
Önlab lokatsiyalari va jihozlari bilan Gabusdagi aksiyalar;
Aeroportlar va şahardagi savdo joylariga ega Duty Free;
Ucell aksiyalari;
Paynet aksiyalari;
Pepsi-Cola'ning 26 foiz aksiyalari;
Özbekiston hududida rasman iş boşlagan distributsiyaga ega Levi's, Benetton, Quicksilver, Mango va boşqa birinçi raqamli brendlar dökonlari tarmoği;
Hind, italyan, fransuz, xitoy va yapon oşxonalarini tatbiq etişda birinçilardan bölgan 5ta restoran;
Eng zamonaviy jihozlarga ega 4ta kinoteatr;
Özbekistonda eng birinçilardan bölgan ikkita sport va spa-klubi;
Quriliş işlari boşlangan 20dan ziyod quriliş nuqtalari;
IIV binosi qarşisida ilk bor qad rostlaganidan beri mavjud bölgan «Korzinka» tarmoği aksiyalari;
Toşkent viloyati va boşqa viloyatlardagi qişloq xöjaligi maydonlari;
Çorvaçilik fermalari;
Şahar markazidagi savdo maydonlari (20dan ortiq nuqta);
Yaşaş va tijoriy maqsaddagi binolarni ijaraga beriş bilan şuğullanuvçi rieltorlik kompaniyalari (60dan ziyod).
Kun.uz mavzu yuzasidan suriştiruv ötkazdi va xatda tilga olingan insonlardan ayrimlari bilan boğlandi.
Jasur Abdurahmonov: «Gulnora Karimovaning turmuş quriş taklifini rad etganim sabab bosim ostida qoldim»
Mavzuga oid
Jasur Abdurahmonov, 2002 yildan 2007 yilga qadar Gulnora Karimova bilan boğliq qator loyihalarda işlagan. Tazyiqlar tufayli 2008 yildan 2019 yilga qadar deyarli 12 yil muddat xorijda yaşaşga majbur bölgan.
– Gulnora Karimova bilan qaçon, kim orqali va qanday tanişgansiz?
– Gulnora bilan (suhbatdoş bu mavzu böyiça sözlovçi köpçilikdan farqli ravişda Gulnora Karimovani «Opa» deb atamadi) 2002 yilda tanişganmiz. Öşa paytda öziga yaraşa muvaffaqiyatga erişgan, qator biznes rejalarni tuzayotgan tadbirkor edim. Töqimaçilik sohasida yirik loyiham bor edi. Unga köra paxta eksportini kamaytirib, tola işlab çiqariş hajmini oşiriş mumkin bölardi. Buning zarurati yillar ötib isbotini topdi ham.
Öşanda bu loyihamga yirik hamkor izlarkanman, stilist Olesya Gruşak orqali Gulnora bilan uçraşganman. Xayolimda prezidentning qizi albatta butun davlatga daromad keltiruvçi loyihalarga e'tibor beradi, degan işonç bölgan.
Gulnora Karimova eri Mansur Maqsudiydan ajraşganidan söng – 2002 yilning kuzida «Coca-Cola Bottlers Uzbekistan» kompaniyasini öz tasarrufiga ötkazgan paytlar edi. Xöjalik işlaridagi tajribam sababmi, yoki kimningdir tavsiyasi bilanmi, uning özi menga boşqaça taklif berdi va şunday dedi: «Bu loyihangizga yana qaytamiz, siz ungaça «Koka-kola» zavodida iş boşlang. Men zavodga boş direktor örinbosari lavozimiga tayinlandim va kuçim boriça işladim. Keyinçalik Gulnoraning yana qator loyihalarida qatnaşdim va 2003 yilda «Quvasoy sement» zavodiga kuzatuv kengaşi raisi bölib ötdim.
– Ma'lumotlarga köra, bu Gulnora Karimova bilan boğliq oxirgi iş joyingiz. Şundaymi?
– Gulnora meni hamişa işlab çiqarişning eng murakkab nuqtalariga jönatardi. 2003 yildan 2005 yilgaça Quvasoyda işlagan bölsam, zavod faoliyatida juda yaxşi natijalarga erişdik. Buni bir misol bilan tuşuntiraman – öşanda yillik quvvati 950 ming tonna bölgan zavodda işlab çiqarişni yiliga 1.080 ming tonnaga çiqardik. Buning uçun hatto boşqaruv samaradorligi böyiça Jyenevadan mukofot olib kelganman. Dividendlarni 1300 foizgaça kötargan paytlarimiz bölgan.
Gulnoraning özi ham aksioner sifatida rasman dividend olardi. Korxona nazorat paketi uning ixtiyorida edi. Lekin daromadini korxona rivojlanişiga sarflamasdi, olib çiqib ketardi.
2005 yilda men Oliy Majlis deputatligiga saylandim.
Quvasoydagi faoliyatim ikkimiz örtamizga sovuqçilik tuşişidan oldingi oxirgi iş bölgandi.
– Munosabatlaringiz nima sabab bilan darz ketdi?
– Endi bu gaplarga işoniş qiyin, lekin mening ham yolğon gapirişdan biror manfaatim yöq. Işlarim közga körinib qolgan, özim ham sport bilan muntazam şuğullanadigan, körkam yigit edim. Gulnorada kişini rom etiş xususiyati, maftunkorligi bor edi. Suhbatlarning birida u menga turmuşga çiqiş niyati borligini bildirdi. Afsuski u «yöq» degan javobni eşitib örganmagandi. Men uç farzandim borligini, oilamdan ajrala olmasligimni yotiği bilan tuşuntirdim. Şunda «Topgan barça narsalaringizdan bir zumda ajrab qolişingiz mumkinligini bilasizmi?» deya oçiq tahdid qilgandi.
2006 yilda «Quvasoy sement» sotuvga qöyilganidan xabar topdim va sotilişiga qarşilik qildim. Keyinçalik sudda zavod işçilari ham bu faktni tasdiqladilar. Gulnora turli yöllar bilan arzimagan pulga olgan zavodning nazorat paketi mening bilişimça 35 mln dollarga sotib yuborildi. Holbuki bu zavod 100 mln dollardan kam turmasdi.
Şu sabablar bilan oramizga sovuqçilik tuşdi va men undan uzoqlaşib ketdim, lekin butunlay uzilib ketmadik. Deputatligimni, özimning töqimaçilik loyihalarimni davom ettirdim.
2006 yil tugab, 2007 yilga ötilayotganda pasportimni söraşdi, berdim. Qaytarib berişganida Xitoy vizasi qöyilgan ekan. Öşa payt otam betobligi uçun bora olmasligimni aytdim. Bu ham bir turtki böldi. 2007 yilda otamni davolatiş uçun Moskvaga ketayotganimizda bort kuzatuvçisi arzimas sabab tufayli meni sökdi, men javob qaytardim va muştlaşuv sodir böldi. Keyin bilsam, bu uyuştirilgan ekan.
Ortimdan telefon qilib qaytmaslikni, menga nisbatan jinoyat işi oçilganini bildirişdi. BAAga ketdim, deputatlik vakolatidan ham ixtiyoriy voz keçdim. Ortga qaytgan otam oğirlaşganda çegarani buzib qaytişga majbur böldim va bir oy yonida ötirdim. Otamning ölimidan 4 kun oldin meni qölga olişdi va faqat janozada çiqarişdi. 2008 yil 1 aprelda Yunusobod tuman sudi 3 yil şartli muddat berdi. Öşanda Gulnora «Seni men çiqarib oldim» degandi. Bu qançalik haqiqat, bilmayman.
2008 yilda Bekobod metallurgiya kombinati bilan şartnoma asosida işlardim, metallom topşirardim. 12 ming tonna mahsulotim şu korxona tasarrufiga ötib turgan bir paytda qönğiroq böldi. Gulnora bor aktivlarimni unga topşirib, 24 soat içida Özbekistonni tark etişimni buyurdi. Men sudlanganimni, 3 yil çiqa olmasligimni aytganimda 1 soatda sud böldi, şartli qamoğimni ham olib taşlaşdi. Zudlik bilan Turkiyaga uçdim, ortimdan oilam yetib bordi.
Nima birdan bunçalik ğazabini qözğadi, bilmadim. Men uning jamoasidagi bevosita işçisi bölmaganman. «Koka kola» zavodida ham direktor örinbosari sifatida zavoddan oylik olganman, «Quvasoy sement»da uluşim ham yöq edi hatto. Davlat strukturalaridagi insonlar bilan oldi-berdilariga ham aralaşmagan, sudda ham meni heç kim tanimadi.
Öylab qarasam, uylaniş taklifida katta hikmat bölgan ekan. Şu taklif tufayli uzoqlaşdik va men köp narsadan çetda qoldim. Agar şu taklif bölmay, oldingiday işlayverganimizda, balki özim bilmagan holda katta jinoyatlarga aralaşib ketardim. Juda köpçilik yigitlar, qizlar aralaşib, hayotlarini barbod qildilar...
– Kiçik Islom Karimov oçiq maktubida siz töğringizda ham alohida töxtalgan. Buni qanday izohlaysiz?
– Islomni bolaligidan bilardim. Onasi özim şuğullanadigan boks zaliga olib borib maşq qildirişimni tayinlagan, erkaklarça ösişini xohlagandi. Gulnoraning qizi Imonning tuğilgan kunlarida u bilan tengdoş farzandlarim mehmon bölişgan.
Yaqinda e'lon qilingan oçiq xati oçiği meni hayron qoldirdi. Men göyoki 100ta kvartira yoki juda katta pulni ozodlik uçun pora sifatida berganmişman, Qirğiziston bilan çegarani buzganim uçun 12 yil qoçib yurgan emişman.
Menda beradigan 100ta kvartiraning özi yöq edi. Lekin 2018 yilda mening ham uluşim bölgan korxona yangi uylar qurilişi boşlanişi oldidan şu uylar bitganida kam ta'minlanganlarga şaharning istalgan hududidan 15ta kvartira taqdim etiş taşabbusi bilan çiqqan va bu haqda dalolatnoma ham tuzilgan. Men bundan bir yil ötib, 2019 yilda Özbekistonga qaytganman.
Çegarani buzganim rost, ammo Qirğiziston çegarasidan na qonuniy, na noqonuniy, umuman hatlab ötmaganman. Otam kasalligida Qozoğiston çegarasidan noqonuniy ötganimni yuqorida tan oldim, buning uçun jazo olganman va sud bu jazoni bekor qilgan ham.
– Jarayonlarda qisman taniş inson sifatida ayting-çi, kiçik Islom Karimov Londonda qanday mablağlar hisobiga yaşayapti?
– Men faqat taxmin qila olaman, aniq faktim yöq. Islom özi katta daromad qiladigan salohiyatga ega emas. London qimmat şahar, yana u qimmat dargohda öqiydi. Bilişimça, onasining maxsus hisob raqamlari yoki qaysidir köçmas mulklari ijarasidan daromad qilib turibdi.
– Gulnora Karimova bilan yana körişdingizmi?
– Qaytganimdan keyin tergovda yuzlaştirildik. Yillar ta'sirini ötkazgan albatta, lekin tarovatini yöqotmabdi. Öşa uylaniş masalasi yuzaga çiqqanida «Mening ortimdan şahzodalar yurardi, bu yolğon» deb tan olmadi. Lekin guvohlar buni tasdiqlaşdi.
Keyinçalik sudda ham bir neça marta iştirok etdim. Men Gulnora bilan uning ambitsiyalari u qadar kuçaymagan paytlari işlagandim. Keyinçalik uning doirasida qolgan tanişlarim judayam quyuşqondan çiqayotgani, heç kimning gapini pisand qilmay qöyganini aytişgandi. Rost ekan. Mana şu munosabatni sudda ham körsatdi.
Faoliyatining sönggi yillarida men Gulnoraning yonida bölmaganman. Lekin iştahasi akuladay oşib ketgani, u aralaşmagan biror soha qolmagani, öşa sohalardagi eng asosiy daromadlarni öziga tortib ketganiga yana bir amin böldim. Qinğir yöllar bilan orttirilgan boyliklar röyxatining özi bir neça sahifa ekanligidan hayron qoldim.
Qiziği, faktlar manaman deb turganiga qaramay, sudda u özini şarmandalarça tutdi, oğzidan bodi kirib şodi çiqdi, nafaqat özini şu darajaga yetkazgan davlatga va xalqqa nisbatan, balki özining safdoşlariga nisbatan ham juda uyatli gaplarni gapirdi, yaqqol ayblarini tan olmagani yetmaganday köpçilikni behurmat qildi.
Inson boşi toşga yetganda hammasini qayta öylab köradi. Lekin men Gulnorada puşaymonlik hissini körmadim, aksinça, u hamon butun dunyoni ayblab, özini oppoq hisoblardi.
Islomning xatida qator mol-mulklarga da'vo qilgani ham şunçaki kulgili. Ularga mening aloqam yöq, lekin oddiy savol tuğiladi – şunça boylik ğamida ekansan, qani ayt-çi, onang bunça mol-mulkni kimning peşona teri evaziga, qanday yöllar bilan qölga kiritgan ekan?