“Mefloxin” bilan davolaşning birinçi kursi, birinçi haftasi oxiriga 70 foiz bemorlar virusdan foriğ böladilar. Biroq bu oraliq ma'lumotlar bölib, tadqiqotlar davom etmoqda”, deb ma'lum qilgan Skvorsova matbuot anjumanida.
Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, uşbu dori vositasi ikkilamçi ta'sirga ega, misol uçun, uyqu buzilişiga olib kelişi mumkin.
Skvorsova koronavirusdan vaksina qaçon paydo bölişi mumkinligi haqidagi savolga 2002 yilda avj olgan SARS virusidan hamon vaksina yaratilmaganiga e'tibor qaratgan. “Men buni vaksina yaratib bölmasligi uçun emas, balki bu juda murakkabligi uçun gapirmoqdaman. Vaksina oğir asoratlarga olib kelmasligi uçun xavfsiz bölişi lozim”, deb ta'kidlab ötgan mutaxassis.
Uning ma'lum qilişiça, koronavirusni yengil şaklda ötkazganlar real immun himoya hosil qiliş uçun yetarliça miqdorda antitanalarga ega bölmaydilar. Kasallikdan tuzalganlarning yarmidan qon zardobi oliş mumkin va faqatgina ularning çorak qismidagina donor böliş uçun yetarliça antitanalar böladi.
Skvorsovaning ta'kidlaşiça, koronavirusga qarşi antitanalarga ega qon zardobi bemor örtaça oğirlikda bölsa yaxşi samara beradi, biroq u öpkani sun'iy şamollatiş qurilmasiga ulangan va öpkasining 75 foizi “işlamayotgan” bölsa, qon zardobi bemorning ahvolini yomonlaştirişi mumkin.
Avvalroq, mart oxirida Federal tibbiy-biologik agentligi xitoylik va fransiyalik şifokorlar tajribasini hisobga olgan holda “Mefloxin” asosida koronavirusni davolaş sxemasini taqdim qilgan.













