Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardoba fojiasida jabrlangan aholining uy hujjatlarida kamchilik bo‘lsa, ularga ham uy va moddiy yordam beriladimi?
Xalqaro press klubning “Sardoba 2020: Sinov, birdamlik, mehnat va sifat” mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sardoba suv omboridagi hodisa haqida so‘z yuritilmoqda.
Tadbir davomida Sardoba fojiasida jabrlangan aholining uy hujjatlarida kamchilik bo‘lsa, ularga kompensatsiya berilishi masalasi haqidagi savolga Moliya vaziri Yorqin Tursunov javob berdi.
“Prezidentimizning tashrifi arafasida bu masala ham muhokama qilindi. Bosh vazirimiz va prezident administratsiyasi rahbari Zaynobiddin Shahobiddinovich ishtirokida o‘tkazilgan majlisda bu masala ham ko‘tarildi. To‘g‘ri, bizda o‘zbek mentalitetida hujjatni to‘g‘ri rasmiylashtirib qo‘yishga ayrim holatda e'tibor qaratmaymiz. Yig‘ilishda shunday topshiriq berildiki, kadastr hujjatlari bo‘lgan uylar bo‘yicha masala yo‘q, lekin kadastri bo‘lmaganida ham atrofdagi mahalla, qo‘ni-qo‘shnilar guvohligida haqiqatda shu yerda yashagan, shunday uy mavjud bo‘lgan, degan isbotlar bo‘lsa, u uylarga ham, talafot ko‘rgan oilalarga ham uy ajratib beriladi yoki ta'mirlab beriladi”, - dedi Moliya vazirining o‘rinbosari Yorqin Tursunov.
Mazkur masala bo‘yicha Press klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev quyidagi fikrlarni bildirdi.
“Shu majlisda men ham ishtirok etdim. Taxminan 600 ga yaqinida kadastri yo‘q. Bu to‘g‘risida ham aytildi. Hukumat pozitsiyasi: ko‘riladi, o‘rganiladi va biz yordam beramiz, degan gap bo‘ldi. Hukumat bu yerda ham ikki qadam oldinga boryapti”, - dedi Sherzod Qudratxo‘jayev.
Mavzuga oid
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari
13:53 / 18.09.2022