Germaniyaning Filippsburg şahri aholisi öziga xos voqeaga guvoh böldi. 15 may tongida mamlakat janubiy-ğarbida joylaşgan AES minoralari portlatib yuborildi. 152 metrdan bölgan ikkita minorani portlatiş işlariga 4 yil davomida tayyorgarlik körilgandi.

Portlatiş tong saharda amalga oşirilgani uçun köpçilikni qörqitib yubordi. Lekin bu haqda atayin ogohlantiriş berilmagandi, çunki jarayonni tomoşa qiliş uçun köpçilik yiğilişi va bu odamlarning zarariga işlaşi mumkin edi. Minoralarning har biriga 1 110tadan portlatuvçi vosita qöyilgandi.

Endi Filippsburgdagi atom elektrostansiyasi örnida qayta tiklanuvçi energiyani mamlakatning janubiy-ğarbiga tarqatiş uçun ulkan stansiya barpo etiladi.

Ma'lumot uçun, Germaniya 2011 yilda AESlardan voz keçiş borasida bir qarorga kelgan va öşanda işlab çiqilgan rejaga köra, 2022 yilda mamlakatdagi oxirgi AESlar buzib taşlanişi kerak. Germaniya qayta tiklanuvçi energiya işlab çiqariş işlari uçun uzoq yillik reja işlab çiqqan va bu uçun 1 trillion yevro sarflaşga tayyorligi ma'lum bölgandi.

2011 yil Yaponiyaning Fukusima AESida sodir bölgan avariya Germaniyada atom elektrostansiyalarini yopiş işlarini tezlaştirib yuborgandi.