Bugun eng köp yangi holatlar Toşkent şahrida qayd etilgan - 8 kişiga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.

Şuningdek, Andijonda 5 kişiga, Buxoroda 2 kişiga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan. Uşbu viloyatlarda sönggi kunlarda yangi zararlaniş holatlari qayd etilmayotgandi.

E'tiborli jihati, sönggi vaqtlarda virus avj olgan Samarqandda yangi holatlar qayd etilmadi.

Bugun törtta hududda - Buxoro (7), Andijon (1), Surxondaryo (2) va Toşkentda (24) jami 34 kişi koronavirusdan tuzalib çiqdi. 

Hozirda Buxoroda 2 (bugun qayd etilgan bemorlar), Surxondaryoda 1, Andijonda 8 nafar bemor davolanişni davom ettirmoqda. Bugun Surxondaryoda bemorlardan biri vafot etdi.