Yuridik universitetda yangi mutaxassislik bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta'limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

Foto: KUN.UZ
Prezidentning “Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta'limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida «Probatsiya faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi:
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga «12.00.13 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta'minlash. Probatsiya faoliyati» ixtisosligi kiritilishini;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta'minlash, probatsiya faoliyati sohasidagi muammolarni tadqiq etish uchun 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ochilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 forvard
Sport | 15:30
-
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:56
-
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi
Jamiyat | 14:46
-
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil
O‘zbekiston | 14:38
Mavzuga oid

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

16:43 / 20.01.2025
Hisorak suv ombori haqida yolg‘on xabar tarqatganlar jinoiy jazoga tortildi

12:53 / 15.01.2025
Qashqadaryoda “pul ko‘paytirib beruvchi” tredingchi yigitlar jinoiy jazoga tortildi

11:50 / 03.09.2024