Xöjaobod tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, 2020 yil 17 may kunidan 18 may kuniga ötar keçasi tumanning Ipakçi mahallasida yaşovçi fuqaro D.G.ning yaşaş uyida tezkor tadbir ötkazildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida uç nafar noma'lum şaxs xöjalik piçoği bilan qurollanib,  yuzlariga niqob taqib olgan xolda xonadon egasi D.G.dan bosqinçilik yöli bilan pul talab qiliş maqsadida xonadonga devor oşiş yöli orqali kirişgan vaqtlarida pistirmada turgan IIB xodimlari tomonidan uşlangan.

Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida ular Buloqboşi tumanida yaşovçi fuqarolar X.N, B.J, I.A. bölib çiqdi. Ulardan uç dona xöjalik piçoği, uç dona niqob hamda boşqa buyumlar daliliy aşyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Xöjaobod tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasining 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, yuqoridagi şaxslar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlanganlar.

Hozirda jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.