Toşkentda bank xizmatlari markaziga uyuştirilgan bosqinçilik harakati yuzasidan ma’lumot berildi.
Qayd etilişiça, 18 aprel kuni soat 16:30 dan 17:00 gaça bölgan vaqt oraliğida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Yunusobod tumani Moyqörğon köçasi, 39-uyda joylaşgan «Turkiston» bank xizmatlari markaziga noma’lum şaxs tomonidan hujum uyuştirilgan.
Uşbu şaxs qora niqob kiygan holda dastasi qora izolyatsion lenta bilan öralgan soxta quroldan foydalanib, bosqinçilik harakatini amalga oşirmoqçi bölgan.
Biroq bank xodimlari tomonidan yuborilgan favqulodda qönğiroq asosida zudlik bilan hodisa joyiga IIV Qöriqlaş xizmati xodimlari yetib kelib, bosqinçilik harakatini bartaraf etgan va gumondor şaxsni qölga olgan.
Hodisa oqibatida yuqoridagi şaxs tomonidan bank xizmatlari markazi binosining kiriş eşigi oynasiga şikast yetkazilgan. «Bank xodimlari va mijozlariga hamda BXM kassasida mavjud bölgan pul mablağlariga heç qanday ziyon yetkazilmagan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

















