Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi xorijiy davlatlar ba'zi rasmiy şaxslarining mamlakatda qonunçilik talablariga muvofiq, jamoatçilik muhokamasiga kiritilgan davlat tili masalasi böyiça me'yoriy-huquqiy hujjat yuzasidan bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi.
«Davlat tilini tartibga soluvçi sohaga boğliq masalalar davlatning mutlaq içki siyosatiga daxldor bölib, har qanday aralaşuv aslo maqbul emas.
Mamlakatimiz hududida yaşovçi barça millat va elatlar tiliga hurmat bilan munosabatda böliş respublika qonunçiligida öz ifodasini topgan.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq Özbekiston Respublikasi öz hududida istiqomat qiluvçi barça millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinişini ta'minlaydi, ularning rivojlanişi uçun şaroit yaratadi.
Bundan taşqari, 1995 yilda qabul qilingan «Davlat tili töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga binoan davlat hokimiyati va boşqaruv organlarida iş davlat tilida yuritiladi.
Şuningdek, qonun öz ona tilini örganiş va undan foydalaniş, xususan ta'lim oliş, davlat taşkilotlariga murojaat qiliş, huquqiy va boşqa ma'lumotlardan foydalaniş hamda işbilarmonlik muomalasida heç qanday tösiqlarsiz qöllaş imkoniyatini kafolatlaydi.
Köplab maktab va oliy ta'lim muassasalari, jumladan xorijiy universitetlar filiallari, madaniyat markazlarida öqitiş, davriy naşrlarni çop etiş, tele- va radiodasturlar turli tillarda olib borilayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Şu munosabat bilan Özbekistonda istiqomat qiluvçi boşqa millatlar holati töğrisida taşvişlarga heç qanday asos yöq. Gap yuqorida zikr qilingan 1995 yilda qabul qilingan qonun ijrosi haqida ketmoqda.
Taşqi işlar vazirligi mamlakatimizda davlat tili haqidagi qonun talablariga rioya etiş bilan boğliq masalalarni muhokama qiliş jarayonida xolis bölişga, oldindan asossiz xulosa çiqarmaslikka va hurmat saqlanişiga umid qiladi», deyiladi TIV bayonotida.
Eslatib ötamiz, aprel oyida Adliya vazirligi davlat tilida iş yuritişni ta'minlamaganlik uçun mansabdor şaxslarga javobgarlik belgilaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini işlab çiqqandi.











