Joriy yilning 17 may kuni soat 04:00larda, Navoiy viloyati, Xatirçi tumani hududidan ötgan 4R-48 “Zarafşon-Xatirçi” avtomobil yölining 151-km.da yöl-transport hodisasi yuz berdi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ma'lum qilişiça, haydovçi, 1985 y.t. F.B. (erkak) “Neksiya” rusumli transport vositasini boşqarayotib, yölning qatnov qismida mast holda uxlab yotgan piyoda, 1964 y.t. U.O.ni ustidan bosib ötib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda 56 yoşli U.O. (erkak) voqea joyida vafot etgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Mazkur YTH yuzasidan Xatirçi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

“Piyodalardan mast holda serqatnov avtomobil yöllarida harakatlanmasliklarini, özlari va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.