Maktab bitiruvchilariga shahodatnoma berish tartibi ma'lum qilindi
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning «Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 2019–2020-o‘quv yilini yakunlash va o‘quvchilarni attestat (shahodatnoma) bilan ta'minlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i e'lon qilindi. Unda maktab bitiruvchilariga attestat berish tartibi haqida ma'lumot berildi.
Joriy yilning 5 iyunigacha bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qo‘yiladigan yakuniy baholar attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritiladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. 15 iyunga qadar chop etilgan attestatlar elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkaziladi. Tayyorlangan attestatlar, oltin va kumush medallar hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanib, o‘quvchilarga topshirilguncha ta'lim muassasasida xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda saqlab turiladi.
Shuningdek, karantin cheklovlari olib tashlangandan so‘ng sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etgan holda yillik baholar, IV chorakda masofaviy shaklda o‘tilgan mavzular sinf jurnaliga va o‘quvchining baholar tabeliga qayd etiladi. 1 iyungacha o‘quvchilar yillik baholariga muvofiq sinfdan sinfga ko‘chiriladi. Sinf jurnallari, o‘quvchilarning baholar tabeli, attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritilgan ma'lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun shaxsan maktab direktorlari javobgar hisoblanadi.
Bundan oldinroq Xalq ta'limi vazirligi O‘zbekistondagi maktablarda o‘tishi lozim bo‘lgan yakuniy imtihonlarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilgandi. Unga ko‘ra maktablarga o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishga qarab yakuniy baholarni qo‘yish tavsiya etilgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?
Jamiyat | 16:29
-
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
O‘zbekiston | 16:09
-
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi
Jahon | 16:01
-
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
O‘zbekiston | 15:52
Mavzuga oid

14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi

18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi

09:05 / 15.03.2024
“Amerikaga qilingan umumiy eksportning yarmidan ko‘pi IT kesimiga to‘g‘ri keladi” – Sherzod Shermatov

12:12 / 05.01.2024