2020 yil 21 may kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya taşqi işlar vazirlari örinbosarlarining videokonferensaloqa şaklidagi majlisi bölib ötadi.

TIV xabariga köra, majlisda Özbekiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston taşqi siyosat idoralari rahbarlari örinbosarlari iştirok etadi.

Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya vazirlari uçinçi uçraşuvi kun tartibi yuzasidan fikr almaşiş közda tutilgan.

Şuningdek, Afğonistondagi vaziyat, savdo-iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb yönalişlari hamda koronavirus pandemiyasi oqibatlarining oldini olişda hamkorlikni muvofiqlaştiriş masalalarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.