Xorazm viloyatida 2 kişi tuzalib çiqqan, ulardan biri 49 yoşli erkak bölib, Rossiyadan charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangaç, şifoxonaga yotqizilgan. Ikkinçisi esa 39 yoşli erkak bölib, kasallikni koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan.
Viloyatda şu paytga qadar 228 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 230 nafarga yetdi. Şunday qilib, hozirda Xorazmda 3 nafar bemor davolanmoqda.
Surxondaryo viloyatida sönggi bemor, 33 yoşli erkak tuzalib çiqdi. U kasallikni koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan.
Şu tariqa, uşbu hududda qayd etilgan 44 bemordan 43 nafari soğaydi, bir kişi avvalroq vafot etgandi.
Endilikda Surxondaryo viloyati ham Jizzax, Qaşqadaryo va Farğona viloyatlari qatorida koronavirusdan xoli hududga aylandi.
Bungaça bugun Qoraqalpoğiston, Namangan va Toşkentda jami 28 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi.
Şu vaqtgaça 2369 kişi koronavirusdan butunlay soğaydi, ayni vaqtda şifoxonalarda 545 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli oğir.













