Çöl 42200 kvadrat kilometr maydonni egallagan. Avval bu maydonda na daraxtlar va na qişloq xöjaligi yerlari bölgan. Şamol va çöldan kelgan qum böronlari tufayli çöl çekkasida joylaşgan Yuylin şahri uç marta janubroqqa köçişiga töğri kelgan.
Mahalliy aholi qum böronlarini töxtatiş uçun 1959 yildan boşlab daraxtlar ötqaza boşlagan. Natijada köp yillik sa'y-harakatlar yaşil maydonning şimol, ya'ni çöl tomon 400 kmga kengayişiga olib kelgan.
“Çöl xaritadan yöqoldi, deganda böm-böş yerlar bugungi kunda yöqolganini nazarda tutmoqdamiz. Agar öz sa'y-harakatlarimizni davom ettirsak, qolgan 30 ming gektar çöl ham yöqoladi”, deb aytgan provinsiyaning örmonlar böyiça byurosi rahbari Dan Şuanjen.
Ta'kidlanişiça, 1950-yillarda Yuylin şahrining örmon bilan qoplanganligi darajasi bor-yöği 0,9 foizni taşkil qilgan, hozirda bu körsatkiç 33 foizga yetgan.
Hozirda mahalliy aholi koronavirus pandemiyasi sababli yöqotilgan vaqtning örnini qoplaş uçun bor imkoniyatni işga solmoqda: may oxirigaça qolgan çöl hududining 400 gektariga daraxtlar ekiş maqsad qilingan.

















