Tegişli ogohlantiriş uşbu mintaqada AQŞ va Eron kemalari iştirokida yuz bergan mojaroli vaziyatlardan keyin AQŞning geomakon razvedkasi milliy agentligi tomonidan e'lon qilindi.  

“Yaqinda yuz bergan voqealar sababli xavfsizlikni oşiriş, noaniqlikni minimallaştiriş va xato ehtimolini kamaytiriş maqsadida barça kemalar xalqaro suv va körfazlarda AQŞ harbiy kemalaridan 100 metrdan kam bölmagan xavfsiz masofani saqlaşi kerak. AQŞ harbiy kemalariga 100 metrdan yaqinroqqa kelgan harbiy kemalar xavf deb qabul qilinib, ularga nisbatan mudofaa çoralari qöllanişi mumkin”, deyilgan xabarda.

AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining beşinçi floti matbuot xizmati 15 aprelda Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiy katerlari Fors körfazida AQŞ jangovar kemalari yaqinida xavfli harakatlar amalga oşirganini ma'lum qilgan. Şundan keyin AQŞ prezidenti Donald Tramp harbiy-dengiz kuçlariga Eronning AQŞ kemalariga tösqinlik qiluvçi har qanday kemasini yöq qilişga körsatma bergan.