BAA 15 iyulda Yaponiyaning Tanegasima orolidagi kosmodromdan Marsga ilk zondini uchirmoqchi. Bu haqda Phys.org nashri ma'lum qildi.
Zond Hope – “Umid” deb nomlangan. U Marsga yetishi va uning orbitasiga chiqishi uchun 495 mln kilometrlik masofani uchib o‘tishi kerak bo‘ladi.
Qurilma kamera, harorat rejimlarini o‘rganish uchun infraqizil spektrometr, Mars atmosferasining yuqori qatlamlarini o‘rganish va unda kislorod hamda vodorod izlarini topish uchun ultrabinafsharang spektrometr bilan jihozlangan.
Zond uni elektr energiya bilan ta'minlab turadigan quyosh panellariga ega.
“Zondning sinovlari o‘z marrasiga yetmoqda va 2 oydan keyin Marsga uchuvchisiz parvoz amalga oshishi kerak”, deb aytgan loyiha rahbarlarida biri Umron Sharaf.











