2020 yilning 1 may kuni AQŞning Monopoliyaga qarşi federal xizmati (FAS) koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta'siriga bağişlangan ma'ruzasini e'lon qildi.

Foto: Mediamatic ETEN

Ekspertlarning hisob-kitoblariga köra, virus global iqtisodiy ösişni oyiga 20 foizga qisqartirişi mumkin. Biroq pandemiyaning töliq ta'sirini biliş uçun barça oqibatlarni örganib çiqiş kerak böladi. Şunga qaramay, pandemiya va karantinning ayrim oqibatlarini hozirning özidayoq köriş mumkin: köplab mamlakatlar karantin çoralarini asta-sekin yumşatayotgani sababli şahar köçalari, metro va savdo markazlarida yangi texnologik uskunalar örnatilyapti.

Xitoy qat'iy karantindan çiqqan ilk mamlakat böldi. Mart oyi oxiridayoq internetda ofis va savdo markazlarining kiriş qismiga örnatilgan ulkan dezinfeksiya qiluvçi darvozalar suratlari paydo böldi. Quyida karantin çoralari yumşatilayotgan mamlakatlardagi vaziyat aks etgan suratlar töplami taqdim etiladi.

Koronavirusdan keyingi dunyo

Köçadagi dezinfeksiya qiluvçi darvozalar
Foto: Dailymail

Xitoy janubi-ğarbidagi Çunsin şahridagi kompaniya sanoat kompleksi xodimlariga dezinfeksiya vositasini sepiş uçun ilk marta dezinfeksiya qiluvçi maxsus tunnel qurdi. Tunnel infraqizil detektorlar bilan jihozlangan. U tunnelga odam kirganini aniqlaydi.

Pandemiyadan keyingi ofis

Endilikda ofisda faqat masofani saqlagan holda işlanadi
Foto: Reuters

Hozirda dunyoning deyarli barça mamlakatlarida ofislarni qayta jihozlaş işlari davom etmoqda. Uydan işlay olmaydigan soha xodimlari alohida xonada faoliyat yuritişmoqda yoki 1,5 metrlik masofa saqlaş tartibiga amal qilişmoqda.