«Tadbirkor Alişer Usmonov Namangan viloyatidagi qariyb 5 ming oilaga jami 12,5 milliard sömlik moliyaviy kömak körsatdi. Namangan şahridagi 3000, Çust tumanidagi 1000, Namangan tumanidagi 997ta xonadon yöqlangan. Örganişlar davomida yakka-yolğiz, boquvçisini yöqotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan. 

Milliarder tomonidan ajratilgan mablağ «Özmilliybank» plastik kartalariga ötkazilib, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, sektor vakillari va bank xodimlari tomonidan mazkur oilalar vakillariga yetkazib berildi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmatida.

Bundan avvalroq Alişer Usmonov tomonidan ajratilgan 2,5 milliard söm Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 1000ta oilaga 2,5 million sömdan taqsimlab berilgani xabar qilingandi.