Yiğiliş davomida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş, kambağallikni qisqartiriş, iş örinlari taşkil etiş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Davlat rahbari aholini uy-joy bilan ta'minlaş borasida gapirgan.

«Özavtosanoat» kompaniyasi tomonidan uç yil içida Asaka tumanida uy-joyga muhtoj öz xodimlari va aholi uçun 4631ta kvartiraga ega bölgan 71ta köp qavatli uylar barpo etiladi.

«Asaka Sity» deb nomlangan bu loyihada 320 örinli ikkita boğça, bir yarim ming örinli maktab, 250 örinli şifoxona, istirohat boği 10 ming kvadrat metr maydonda savdo majmuasi quriladi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan avvalroq prezident uy-joyga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaşning yangi tizimini joriy etib, Andijon viloyatida 819ta oilaga subsidiya ajratiş zarurligi haqida gapirgani xabar qilingandi.