Andijonda uy-joyga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Andijon viloyati aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi.
Joriy yilda viloyatda 6 ming 196ta – o‘tgan yilgiga nisbatan 2 barobar ko‘p uylar qurilmoqda.
Davlat rahbari uy-joyga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etib, Andijon viloyatida 819ta oilaga subsidiya ajratish zarurligini ta'kidladi.
Bu yil 642 kilometr avtomobil yo‘li, 85 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi va ta'mirlanishi belgilandi.
Ta'lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarni 7-sinfdan qiziqqan kasbiga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bu kelgusida ularning bandligini ta'minlashda muhim o‘rin tutadi.
– Meni eng ko‘p o‘ylantiradigan masala – yoshlar va xotin-qizlar. Ularga e'tibor, ko‘mak kerak. Bilimi, qo‘lida kasb-hunari bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rnini topib ketadi, dunyoqarashi ham boshqacha bo‘ladi. Ota-onasi, oilasi ham davlatdan rozi bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Turizm va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, jinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, tarmoq rahbarlari hisobot berdi. Videoaloqa orqali tuman hokimlari va faollarning fikrlari eshitildi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46
-
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
Jahon | 21:25
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi

20:25 / 24.02.2025