Past Darğom tumani hokimi Şunqor Xudoyberdiyevning farmoyişiga asosan 21 may kuni soat 19:00dan boşlab, tuman aholisining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va xavfsizligini ta'minlaş, fuqarolarning hayoti va soğliğini himoya qiliş hamda koronavirus infeksiyasi tuman hududi böylab tarqalişining oldini oliş maqsadida tuman markazi Juma şahriga tumanning boşqa hududlaridan kirib kelayotgan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning quyidagi yönalişlar böyiça harakatlanişi  vaqtinça töxtatiladi:

– 4R-46a avtomobil yölining 1-kilometri, Juma şahriga kiriş yöli; 

– Juma şahar Havuzak mahallasi Kamalak köçasi yöli;  

– 4K-547 avtomobil yölining Juma şahar Ş.Raşidov mahallasi M.Şarapov va Böston köçalariga kiriş yöli; 

– Samarqand – Juma – Kattaqörğon 4R-46 avtomobil yölining 24-kilometri, Juma şahriga kiriş yöli; 

– Samarqand – Juma – Kattaqörğon 4R-46 avtomobil yölining 25-kilometri, Juma şahar Buyuk Turon köçasiga kiriş yöli.

Qayd etiş kerakki, Samarqand viloyati ayni vaqtda epidemiologik vaziyat eng oğir hududlardan biri bölib turibdi, viloyatda har kuni yangi kasallaniş holatlari qayd etilmoqda. 21 may kuni viloyatda aholi orasida 3 kişida virus aniqlangandi, bugun ham oldindan karantinda bölmaganlar orasida 13ta yangi holat tasdiqlandi.

Bungaça viloyatdagi kasallik öçoqlari Toyloq, Oqdaryo, Payariq, Iştixon tumanlari va Samarqand şahrida edi. Şuningdek, xorijdan kelayotgan yuk maşinasi haydovçilari orasida kasallik aniqlanayotgandi. 21 may kuni Samarqandda oldindan karantinda bölmagan bir kişi oila a'zolariga virus yuqtirgani ma'lum böldi.

Özbekistonda 11 maydan «sariq» va «yaşil» hududlarda karantin çoralari yumşatilişi boşlangan, ammo «qizil» hudud hisoblangan Samarqandda 17 maydan karantin qoidalari kuçaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda, uşbu hududda maxsus ruxsatnomasiz avtomobillar harakati taqiqlangan.