Transport vazirligi xabariga ko‘ra, davlat rahbarining ko‘rsatmasiga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslarining jadvali tasdiqlandi.

Unga ko‘ra joriy yilning 25 mayidan 7 iyun kunlari davomida 17 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

25-31 may kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

25 may. Toshkent - Yekaterinburg - Toshkent
26 may. Toshkent - Moskva – Toshkent
27 may. Toshkent - Sankt-Peterburg – Toshkent
28 may. Toshkent - Rostov-Don – Toshkent
28 may. Toshkent - Istanbul – Toshkent
29 may. Toshkent - Sankt-Peterburg – Toshkent
29 may. Toshkent - Moskva – Toshkent
30 may. Toshkent - Moskva – Toshkent

1 – 7 iyun kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

1 iyun. Toshkent - Istanbul – Toshkent
2 iyun. Toshkent - Moskva – Toshkent
3 iyun. Toshkent - Sharja - Toshkent
3 iyun. Toshkent - Moskva – Toshkent
4 iyun. Toshkent - Sankt-Peterburg – Toshkent
5 iyun. Toshkent - Moskva – Toshkent
6 iyun. Toshkent – Qohira – Toshkent
6 iyun. Toshkent - Novosibirsk – Toshkent
7 iyun. Toshkent - Sankt-Peterburg – Toshkent