Britaniyaning 120 yillik tarixga ega bölgan London South Bank University (QS reytingi böyiça TOP-1000 reytingiga kiruvçi ta’lim dargohi) bilan hamkorlikda şu yili öz eşiklarini oçadigan yurtimizdagi ilk TEAM tadbirkorlik universiteti abituriyentlar va ularning ota-onalari uçun onlayn-brifing ötkazadi.

Universitetda ta’lim Britaniya tizimi böyiça taşkil qilinadi. Dastlabki öquv yilida e’tibor iqtisodiy nazariya, biznes va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş asoslari, til könikmalarini çuqurlaştiriş va öqişning keyingi bosqiçlari uçun zarur bölgan bazaviy kompetensiyalarni, jumladan tanqidiy fikrlaş, kommunikatsiya, prezentatsiya könikmalari va boşqa soft-skills könikmalarini rivojlantirişga qaratiladi.

Talabalar dastlabki kunlardan mustaqil işlaş, akademik adabiyotlar bilan iş olib boriş könikmalari böyiça muhim yöriqnomalar va asboblarni olişadi. Öz qiziqişlariga eng köp mos keladigan va şaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirişga yordam beradigan talabalar klublarini tanlaşadi, universitetdagi dastlabki haftalardanoq talabalikning maroqli muhitiga şönğib ketişadi.

Keyinçalik, ta’lim dasturi doirasida talabalar tadbirkorlik, marketing, mehmondöstlik industriyasi, turizm nazariyasi va amaliyoti sohasidagi bir qança ixtisosliklardan birini tanlaş imkoniga ega bölişadi.

Ixtisosliklarning aniq nomlari hozirgi vaqtda LSBU bilan kelişib olinyapti. Ammo, bir narsa aniq, bizning bitiruvçilarimiz biznes oçiş, frilanser bölib işlaş yoki kompaniyaga işga kirişdan qaysi birini tanlaşidan qat’i nazar, yangiliklarga intiluvçan bölişadi.

TeAM University dargohida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Bitiruvçilarga 2ta hujjat beriladi: Özbekistondagi oliy ta’lim sohasi diplomi va xorijda tan olinadigan LSBU diplomi.

Ta’lim va bilim amaliy bölişi kerak. Universitetga mamlakatning yetakçi tadbirkorlari, şuningdek, Özbekistonda va xorijda katta tajribaga ega bölgan kuçli akademik jamoa tomonidan asos solingan va qöllab-quvvatlanmoqda.

TeAM University talabalari biznes jamiyat vakillari bilan doimiy muloqot qiliş, universitetning Karera markazi yordamida yetakçi kompaniyalarda stajirovkadan ötiş, şaxsiy va guruh mentorlariga ega böliş, ular bilan muntazam netvork uçraşuvlarida, biznes-nonuştalarda iştirok etiş, universitet qoşidagi biznes-inkubator doirasida öz startap-loyihalarini yölga qöyiş böyiça noyob imkoniyatlarga ega bölişadi.