Kim Çen In Koreya mehnat partiyasi markaziy harbiy qömitasi yiğilişida iştirok etgan. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi. 

Yiğilişda taşkiliy masalalar muhokama qilingan. Jumladan, mamlakat qurolli kuçlarini “yuqori turbulentlik şaroitida” mustahkamlaş uçun yangi yönaliş taklif etilgan. 

Agentlik öz xabarini Kim Çen Inning mehnat partiyasi bayroqlari fonida ötirgani surati bilan taqdim qilgan. 

Ta'kidlanişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi yiğilişda harbiy qömondonlik tizimini isloh qiliş haqidagi farmonni imzolagan. Köriladigan çoralar mamlakat siyosiy barqarorligi va suverenitetini himoyalaşga yordam berişi kerak. Kim Çen In milliy mudofaa kuçlarini mustahkamlaş lozimligini ta'kidlab ötgan. Bundan taşqari, yangi bölinmalar taşkil etiş imkoniyati muhokama qilingan.

Agentlikning ma'lum qilişiça, yiğiliş davomida yadro uruşiga yöl qöymaslik strategiyasi işlab çiqilgan. Unda strategik kuçlarni öta zarur holatlardagina qöllaş lozimligi belgilangan.

Şuningdek, yiğilişda Şimoliy Koreya armiyasi kamçiliklari va uni kuçaytiriş variantlari muhokama qilingan.

Avvalroq Kim Çen In aprelda 20 kunça körinmagandan keyin 1 may kuni öğitlar işlab çiqariluvçi zavod oçilişida iştirok etgani ma'lum qilingandi. Biroq u şundan keyin yana 3 haftaga közdan ğoyib bölgan. Janubiy Koreya va Yaponiya OAVlari ma'lumotlariga köra, Kim Çen In zavod oçilişida iştirok etgandan keyin poytaxt Pxenyanga qaytmay, sohilböyidagi Vonsan kurort şahriga yöl olgan va öşa vaqtdan beri u yerda qolmoqda.