New York Times gazetasi birinchi sahifasini koronavirus qurbonlariga bag‘ishladi
AQShning New York Times gazetasi 24 maydagi sonining birinchi sahifasini koronavirusdan vafot etgan amerikaliklarga bag‘ishladi. Ayni vaqtda AQShda koronavirus qurbonlari deyarli 100 mingga yaqinlashib qoldi.
Nashrning 24 maydagi sonining birinchi sahifasida odatda unda chop etiladigan maqolalar, suratlar va grafiklar o‘rniga koronavirus pandemiyasi sababli hayoti uzilgan odamlarning uzun ro‘yxati paydo bo‘lgan.
“Koronavirusning AQShga ta'sirini shunchaki raqamlar – na sog‘ayib ketganlar, na yo‘qotilgan hayotlar soni bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Mamlakat virus sababli 100 ming o‘limga yaqinlashayotgan bir paytda New York Times odamlar o‘limi haqidagi ta'ziyanoma va xabarlarni o‘rganib chiqdi. Bu yerda keltirilgan ming odam vafot etganlarning bir foizidir”, deyilgan birinchi sahifada.
Sarlavha osti matnida “Bu shunchaki ro‘yxatda keltirilgan ismlar emas. Ular biz edilar”, deb yozilgan. Ro‘yxatda koronavirusga chalinganlarning ismi, familiyasi, yoshi, yashash joyi va nima bilan mashg‘ul bo‘lganliklariga qisqacha ta'rif berilgan.
Nashr xodimlaridan biri Simon Lendonning tushuntirishicha, bir sahifada 100 ming nuqta yoki rasmning joylashtirilishi “bu odamlar kim bo‘lgani, ular yashab o‘tgan umr haqida ko‘p narsa bildirmasdi”. Shu sababli butun mamlakatdagi katta va kichik gazetalardan ta'ziyanomalar va vafot etganlik haqidagi xabarlarni to‘plab, ulardan eng ta'sirli parchalarni olish g‘oyasi paydo bo‘lgan.
Shu maqsadda turli manbalardan o‘lim sababi sifatida koronavirus ko‘rsatilgan xabarlar ko‘zdan kechirib chiqilgan. Natijada yakuniy ro‘yxatda yuzlab gazetalardan olingan deyarli ming ism hosil bo‘lgan. Muharrirlar va jurnalistlar jamoasi to‘plangan ta'ziyanomalarni o‘qib chiqib, har bir yo‘qotilgan hayotning o‘ziga xosligini bildiruvchi iboralarni tanlab olishgan. Misol uchun, “Alan Lund, 81 yosh, Vashington, “ajoyib eshitish qobiliyatiga ega” dirijyor”, “Kobi Adolf, 44 yosh, Chikago, tadbirkor va sarguzashtlar izlovchi” va shu kabi.
Ta'kidlanishicha, ro‘yxatdagi ismlar gazetaning 22-sahifasida ham davom ettirilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1,66 mlndan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 98,683 kishini tashkil qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

23:25 / 24.04.2025
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

09:50 / 24.04.2025
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

09:50 / 24.04.2025