Koronavirusda qabul qilish xavfli bo‘lgan dorilar ma'lum qilindi
Virusolog koronavirusga chalinganlar uchun qabul qilish xavfli bo‘lgan dori vositalarini sanab o‘tdi. Bu dorilarni deyarli har bir uydagi dori qutisida topish mumkin.
Mutaxassis bunday yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar guruhiga ibuprofen, aspirin, voltaren, diklofenak va naproksenni kiritgan.
“Bu dorilar inson organizmini virusga yanada ta'sirchanroq qiladi, infeksiyaning o‘pkaga oson kirishi uchun sharoitlar yaratadi. Bundan italiyalik va fransiyalik tadqiqotchilar tajribasi darak bermoqda”, deb aytgan virusolog Nadejda Jolobak.
Shifokor, shuningdek, paratsetamolni qabul qilishdan ogohlantirgan, chunki uning koronavirusga ta'siri oxirigacha o‘rganilmagan. Mutaxassis tana harorati yuqori bo‘lganda o‘zini davolash bilan shug‘ullanmay, shifoxonaga murojaat qilishni tavsiya qilgan. Ko‘rilgan choralar samaradorligi dorilarning to‘g‘ri tayinlanganiga bevosita bog‘liq. Bunda esa faqatgina shifokor yordam berishi mumkin.
Mavzuga oid
17:46 / 23.12.2024
Misrdan gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
20:04 / 14.10.2024
Chilonzorda salkam 44 ming dollarga qalbaki dori sotganlar ushlandi
10:52 / 02.11.2023
“Ayrim holatlarda dorilar belgilangan narxidan 10 karra qimmat sotilyapti” – Mubin Mirzayev
18:49 / 22.06.2023