Tojikiston tomondan bir çegaraçi yaralangan. Qirğiziston tomonining ma'lum qilişiça, respublika çegaraçilari Qirğiziston hududida çorvaning noqonuniy ötlatilişi oldini olişgan. Ta'kidlanişiça, Tojikistonning Vorux anklavi aholisi tomonidan qoidabuzarlikka yöl qöyilgan. “Tojik tomonidan noma'lum şaxslar qirğiz çegaraçilari tomon öq uza boşladi. Keyinroq soat 11:40larda Qirğiziston va Tojikiston çegaraçilari örtasida kiçik otişma yuz bergan”, deb ma'lum qilingan Qirğiziston davlat çegara xizmatida.
Tojikistonning ta'kidlaşiça, uşbu voqea Qirğiziston tomonidan amalga oşirilgan iğvo bölgan. Tojikiston versiyasiga köra, qirğiz çöponlari Tojikiston hududiga kirib borib, Puli Oftobröya qişloği aholisi bilan mojaroga kirgan. “Qirğiziston tomoni bahsli hududlarda çegara çiziğini belgilovçi ikki tomonlama kelişuvlarga amal qiliş örniga, voqea joyiga çegaraçilarning qöşimça kuçlarini jönatgan. Ular esa Puli Oftobröyaning qurolsiz aholisi tomon öq uzgan”, deb ma'lum qilingan öz navbatida Tojikiston davlat çegara xizmatida. Mojaro davomida 2001 yilda tuğilgan tojikistonlik çegaraçi oyoğidan jarohat olgan.
Ikki qöşni davlat çegarasida mahalliy aholi va ikki tomon çegaraçilari örtasida vaqti-vaqti bilan nizoli vaziyatlar yuz berib turadi. Buning asosiy sababi çegaraning ba'zi qismlari aniq belgilanmagani va çegara qayerdan ötişini tuşuniş qiyinligi hisoblanadi. Oxirgi şunday mojarolardan biri 8 may kuni yuz bergandi. Öşanda Qirğiziston tomondan 3 harbiy, Tojikiston tomondan 2 kişi jarohat olgandi.
















